“Yosh vatandoshlar forumi” yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Ellik qal’a tumani, Aqchako‘l manzilida tashkil etilgan ushbu tadbir yoshlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
💥 Forum davomida sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, milliy o‘yinlar hamda hunarmandchilik ko‘rgazmalari orqali xalqimizning boy madaniy merosi yana bir bor tarannum etildi. Har bir chiqish va ko‘rgazma ishtirokchilarda faxr, birlik va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamladi.
✨ Mazkur forum "Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan tashkil etilib, yoshlarni birlashtirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish hamda yosh vatandoshlar salohiyatini Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga yo‘naltirishni maqsad qilgan muhim tashabbus bo‘ldi, deyish mumkin.
25.04.2026
21